BUUM! Ronalduning transferi masalasida katta qadam tashlandi

  • 22.12.2022 21:58
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Krishtianu Ronalduning menejeri "Al-Nassr" klubi vakillari bilan suhbatlashdi. 

"CNN Portugal" nashri jurnalisti Bruno Andradening xabar berishicha, Rikardu Regufe Saudiya Arabistoni klubi qarorgohida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ishtirok etgan. 

37 yoshli portugaliyalik forvardning arab klubiga o‘tishi bo‘yicha muzokaralar ijobiy davom etmoqda. 

Avvalroq, Krishtianu Evropa klublaridan takliflar kelishini kutayotgani haqida xabarlar chiqayotgandi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!