
"Buxoro" - "Sho‘rtan" bellashuvi qaysi stadionda o‘tkaziladi?
Superliganing 14-turidan o‘rin olgan "Buxoro" - "Sho‘rtan" o‘yini 29 iyun kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
"Buxoro" klubining uy stadioni mavsumga tayyor bo‘lmaganligidan kelib chiqib, u raqibini "Dinamo" stadionida qabul qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Klublarning U21 jamoalari ishtirokidagi bellashuv esa Buxoroda o‘tkaziladi.
O‘zPFL matbuot xizmati.
Fikrlar