"Buxoro" murabbiy: "Paxtakor" chempionat lideri. Lekin ularning futbolchilari boshqa jamoada ijarada bo‘lsa ham o‘zlariga qarshi o‘ynamayligi meni ajablantiryapti
"Buxoro" - "Paxtakor" uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Muhsin Muhammadiev quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- O‘yin haqida hech narsa deya olmayman, chunki o‘yin tizginini qo‘ldan chiqarib yubordik. Lekin bir narsa meni ajablantiryapti, "Paxtakor" jamoasi O‘zbekiston chempionatida yaqqol lider hisoblanadi. Ularning ko‘pgina futbolchilari turli jamoalarda ijara asosida to‘p suryapti, ammo o‘sha futbolchilar "Paxtakor"ni o‘ziga qarshi o‘yinlarda maydonga tusha olmaydi!!! "Paxtakor"ning talabi shunaqa ekan, axir shundog‘am zaxiramiz kuchli emas.
Ikki asosiy yosh futbolchilarimizsiz to‘p surdik. O‘yinga tayyorlanishimizda bizda vaqt juda ham oz edi.
Nima ham derdim bu futbol, ikkinchi davrada javob uchrashuvi bor, natijani yaxshilashga harakat qilib ko‘ramiz, - dedi murabbiy.
Fikrlar
"Аренда-Договор"деган официальный документ бор,ушанда "арендага берилган уйинчи узимизга карши уйнамасин"деган пункт мавжуд.
Агар рози булсанг имзо куйиб ол,рози булмасанг олма,хеч ким мажбурлай олмайди.
Пахтакор 1-чи уриндами ёки 10-чи буни ахамияти йук.