"Buxoro" tarkibni kuchaytirishda davom etyapti

  • 19.07.2022 09:00
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hakim Fuzaylov boshchiligidagi “Buxoro” klubi Dukentda yig‘inini davom ettiryapti. Yaqinda saytimiz orqali jamoadagi o‘zgarishlarga alohida to‘xtalib o‘tgandik. Shundan keyin tarkibga yana yangi o‘yinchilar qo‘shildi.

Jumladan, “Surxon”da to‘p surgan Zohir Pirimov taklif qilingan. Qolaversa, yana ayrim yangi o‘yinchilarning qo‘shilishi kutilmoqda.

Rejaga ko‘ra, “Buxoro” yozgi yig‘in doirasida dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvini 18 iyul kuni “Navbahor”ga qarshi o‘tkazib, 0:0 hisobida durang o‘ynadi.

“Buxoro”: Sardor Qobuljonov, Mirjalol Jumaev, Obid Jo‘raboev, Abudxoliq Qurbonov, Asil Begimqulov, Jasur Azimov, Temur Ismoilov, Siroj Meliev, Sardor Eminov, Timur Usmonov, Anvar Jo‘raev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Ro‘zim Ahmedov, Jasur Hasanov, Jamol Ubaydullaev, Rustam Abduhamidov, Fayzulla Jumanqo‘ziev, Zohir Pirimov, Sardor Izzatov.  

"Buxoro"da o‘zgarishlar: Superliga o‘yinchilari tarkibga qo‘shilyapti, navbatdagi nishon "Paxtakor" futbolchisi. Shavkat Salomov "So‘g‘diyona"ga ijaraga berildi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
salahidin
19/07/2022 16:58
Нимага кучли жамоалардан уйинчи олишмайди тушунарсиз еки уртамиена булишни хохлашадими