"Buxoro" ustozi jamoa Superligada qolish vazifasini uddalaganidan keyin nimalar dedi?

  • 30 noyabr, 2019, 18:52
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga oxirgi turida "Buxoro" o‘z uyida AGMKni so‘nggi daqiqalarda penaltidan gol urib, g‘alaba qozondi va chempionatda qolishni uddaladi. Bellashuvdan so‘ng mezbonlar ustozi Muhsin Muhammadiev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- Juda ham jo‘shqin hissiyotlarga to‘lib boryapman, yigitlar qiyin o‘yindan chiqib olishdi. O‘yin og‘ir, murosasiz va halol o‘tdi. "Final"ga teng o‘yin desam adashmayman. Fursatdan foydalanib bizni butun mavsum davomida qo‘llab-quvatlab kelgan viloyat hokimi Barnoev O‘ktam Isaevichga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Hamda eng asosiysi jamoada qoniqarsiz natijalar bo‘lishiga qaramasdan biz bilan birga bo‘lgan jamoamiz muxlislariga katta raxmat. Ushbu g‘alabani ularga bag‘ishlaymiz. Jamoaning barcha a’zolariga o‘z tashakkurlarimni izhor qilaman. Nasib qilsa, kelasi mavsumda kuchayib, yuqori o‘rinlar uchun kurashadigan jamoa tuzamiz. Yana bir bor hammaga raxmat, - dedi murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
TFT
30/11/2019 19:48
Бухоро Суперлигада колгани учун рахмат.Лкин бизга мухлисни инфаркт киладиган уйин керакмас эди.Кейинги йил узизга бошка жамоа топинг жаноб.Узимизни тренерлар хам бундан яхши натижа курсата олади.
Абдусамат Жураев
01/12/2019 08:56
ЕЛГОН ГАПИРИШНИЯМ УХШАТАРКАНСИЗА МУХСИНЖОН НАГЛ СОТИЛДТКУ УЙИН МАЙЛИ НИМА КИЛСАНГИЗАМ ЭВЛАДИНГИЗКУ ПЕНАЛТИ 200% ФОИЗ УХШАТИЛДИ