"Buxoro" yana bir transferni amalga oshirdi

  • 08.01.2026 13:21
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Buxoro" Superliganing yangi mavsumiga oʻz tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda. Klub matbuot xizmati yangi futbolchi bilan shartnoma imzolanganini eʼlon qildi.

Jamoamiz safiga tajribali va istiqbolli futbolchi — Sherzod Esanov qoʻshildi!

Sherzod Esanov professional faoliyati davomida nafaqat klub miqyosida, balki Oʻzbekistonning yoshlar hamda milliy terma jamoalari safida ham toʻp surib, muhim xalqaro tajriba orttirgan.

Faoliyati davomida u quyidagi klublar sharafini himoya qilgan:

— "Chigʻatoy"
— "Andijon"
— "Olimpik"
— "Akron"
— "Dinamo Brest"

Yangi futbolchimiz jamoamizga yanada kuch va raqobat olib kelishiga ishonamiz. Sherzod Esanovga klubimiz safida omad, sogʻliq va yorqin gʻalabalar tilaymiz!

Shuningdek, jamoamizni qoʻllab-quvvatlab kelayotgan, futbolimiz rivoji yoʻlida doimiy eʼtibor va yordam koʻrsatayotgan Buxoro viloyati hokimi, Buxoro viloyati futbol assotsiatsiyasi prezidenti Zaripov Botir Komilovichga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

Xush kelibsan, Sherzod! — deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!