"Buxoro" yuzaga kelgan tanaffus payti "Mash’al" bilan o‘ynaydi

  • 11.03.2019 15:13
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Birinchi turni mehmonda durang bilan boshlagan "Buxoro" jamoasi futbolchilariga uch kunlik dam berildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Jamoa 13 mart kuni Buxorodagi o‘z qarorgohida yig‘ilib, mashg‘ulotlarga kirishishadi. FIFA kunlari (18-26 mart) sabab Superliga 2-tur ilk uchrashuvlari 29 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Shu kuni buxoroliklar "Metallurg" mehmoni bo‘ladi.

O‘rtada katta tanaffus paydo bo‘lgani tufayli murabbiylar shtabi, "Mash’al" jamoasi taklifiga binoan nazorat o‘yini o‘tqazishni rejalashtirishgan. Mazkur uchrashuv 15 mart kuni soat 15:00da "Mash’al" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!