Charlz Olivera BMF kamarini qo‘lga kiritdi, "Botanik" esa yaqqol ustunlik bilan g‘alaba qozondi
Hozirgina AQShning Las-Vegas shahrida o‘tkazilgan "UFC 326" turniri yakunlandi. Kechaning markaziy to‘qnashuvida amerikalik Maks Hollowey va Braziliya vakili Charlz Oliveyra BMF kamari uchun o‘zaro oktagonga ko‘tarildi. Shiddatli o‘tgan bahsda Oliveyra g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Quyida barcha natijalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Prelim:
Rodolfo Bellato Lyuk Fernandezni birinchi raunddayoq nokautga uchratdi;
Diyar Nurgojay hakamlarning yakdil qarori bilan (30-27, 29-28, 29-28) bilan Rafael Tobiasni mag‘lub etdi;
Sumudaerji ochkolar bo‘yicha Xesus Agilar ustidan g‘alaba qozondi (30-27, 30-27, 30-27);
Niamjargal Tumendemberel hakamlar qarori bilan Kodi Dardanni yengdi;
Alberto Montes 2-raundda Rikki Tursiosni bo‘gib qo‘ydi;
Donte Jonson Kodi Brandejni ochkolar evaziga (29-28, 28-29, 29-28) mag‘lubiyatga uchratdi;
Kodi Garbrandt Ksyao Longa hech qanday imkon qoldirmadi (28-27 x3);
Asosiy kard:
Gregori Rodriges 1-raunddayoq Brunno Ferreyrani nokautga uchratdi;
Dryu Dober 2-raundda Maykl Jonsni nokaut qildi;
Raul Rosas yaqqol ustunlik bilan Rob Fonni taslim etdi (30-27 x3);
Kayo Borrallyo hakamlarning yakdil qarori bilan Renye de Ridder ustidan g‘alaba qozondi;
Charlz Oliveyra to‘liq 5 raund davom etgan jangda katta ustunlik bilan Maks Hollowey ustidan zafar quchib, BMF kamari sohibiga aylandi!
Fikrlar