
“Chelsi” 100 million evrolik hujumchiga xaridor
Calciomercato saytining yozishicha, “Chelsi” yozgi transferlar vaqtida hujum chizig‘ini kuchaytiradi. Londonliklar “Yuventus” etakchisiga aylanib borayotgan Federiko Kezaga xaridor bo‘lmoqda.
Aslida “aristokratlar” bu hujumchini o‘tgan yoz o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi. Turinliklar uni qo‘yib yuborishini istamadi. London klubida bu transfer bilan shaxsan Marina Granovskaya ishlayapti va kelasi yoz vazifani nima qilib bo‘lsa ham uddalamoqchi.
“Chelsi”ga Kezani olish oson bo‘lmasligi hozirdan ma’lum. Birinchidan, “Yuventus” iste’dodli futbolchisini 100 million evrodan kamiga qo‘yib yubormaydi. Qolaversa, Keza uchun “Liverpul” va “Bavariya” ham pulni ayamoqchi emas. “Chelsi” italiyalik o‘yinchiga joy ochish uchun ishonchli oqlay olmagan Timo Vernerdan ham qutilishi kerak.
Fikrlar