"Chelsi" "Barselona" yarim himoyachisini ilib ketmoqchi
Londonning "Chelsi" klubi qishki transfer oynasida jamoani kuchaytirish ustida ish olib bormoqda. "Daily Briefing" nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, "aristokratlar" "Barselona" yarim himoyachisi Mark Kasadoga jiddiy qiziqish bildirgan.
Angliya klubi uning transferiga "aqlli investitsiya" sifatida qaraydi. Kataloniyaliklar 22 yoshli futbolchini taxminan 30–35 million evroga sotishga tayyor ekani aytilmoqda.
Xabarga ko‘ra, "Chelsi" yaqinlashib kelayotgan qishda shunday miqdordagi taklifni berishni rejalashtirgan. Bu kelishuv "ko‘k-anorranglilar" uchun moliyaviy barqarorlikni yaxshilash imkonini berishi mumkin.
Shu bilan birga, Mark Kasadoga boshqa Premer-liga klublari, jumladan, "Arsenal" ham qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar