“Chelsi”: Bu futbolchi kelgan joyiga ketsin!
Britaniyaning Football London nashri tarqatayotgan xabarlarga ko‘ra, “Chelsi” yozda “Atletiko”dan ijaraga olingan yarim himoyachi Saul Nigesni Madridga qaytarib yuboradigan bo‘ldi.
Londonliklarning Ispaniya chempioni bilan shartnomasida Nigesni sotib olish majburiyati yuklanmagan. 27 yoshli futbolchi mashg‘ulotlardagi harakati bilan Tomas Tuxel ishonchini qozona olmadi. Shuningdek, premer-ligada bir marta maydonga tushib, o‘z salohiyatini ko‘rsatmadi.
Tomas Tuxel ispaniyalik yarim himoyachini “Chelsi”ning taktikasiga moslashtira olishiga ko‘zi etmayapti va tezroq undan qutilishga harakat qilmoqda.
“Aristokratlar” qishki transferlar vaqtida Saulni “Atletiko”ga qaytarish bo‘yicha ish olib boradi. Agar Diego Simeone shogirdiga yana jamoasidan joy berishni istamasa, yarim himoyachi ijara muddati tugagunicha, “Chelsi” qaramog‘ida qoladi.



Fikrlar