"Chelsi" etakchisi vataniga qaytib ketishga yaqin turibdi

  • 16.11.2021 16:04
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" himoyachisi Tyago Silva yozgi transfer oynasida klubni tark etishga yaqin turibdi.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, braziliyalik futbolchi vataniga qaytishi mumkin. Unga "Fluminense"dan taklif bor. Klub 37 yoshli himoyachi bilan allaqachon muzokaralarga kirishgan.

Xabarlarga qaraganda, Silva "aristokratlar" bilan yangi shartnoma imzolashni istaydi. Biroq londonliklar rahbariyati unga yangi bitim taklif etmaslikka qaror qilgan.

Tyago 2020 yilda PSJdan "Chelsi"ga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgan va "ko‘klar" libosida 12 uchrashuvda maydonga tushgan. Braziliyalik futbolchi 2006-2009 yillar oralig‘ida ham "Fluminense" sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!