"Chelsi" g‘alaba ta’mini unutib qo‘ydi
"Chelsi" Premer-ligadagi so‘nggi 8 o‘yinning faqat bittasida g‘alaba qozondi.
Angliya chempionatining 19-turida Grem Potter jamoasi "Manchester Siti"ga imkoniyatni boy berdi (0:1). Bungacha "Nyukasl", "Arsenal" va "Brayton" bilan bahslarda mag‘lubiyatlar qayd etilgan, shuningdek, jamoa "Brentford", "Manchester Yunayted" va "Nottingem" bilan durangga erishdi.
"Aristokratlar"ning yagona g‘alabasi "Bornmut" ustidan qozonilgan. Ayni dam "Chelsi" APL turnir jadvalida 25 ochko bilan 10-o‘rinni band etgan.
Fikrlar