"Chelsi" Garnacho transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi
"Chelsi" Alexandro Garnachoni tarkibga qo‘shib olish ustida ishlamoqda.
Jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, London klubi "Manchester Yunayted" bilan 21 yoshli futbolchi transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlagan.
Mankunianliklar futbolchi uchun 40 million funt sterlingdan ortiq mablag‘ olishni xohlamoqda. Biroq "Chelsi"dagilar MYu Benyamin Sheshkoni sotib olsa, argentinalik futbolchining narxi pasayishiga ishonishmoqda.
O‘tgan mavsumda Garnacho Angliya Premer-ligasida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 2 ta golli uzatma bergan.
Fikrlar