“Chelsi” ishongan "tog‘i"dan ayrildi
“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoaning tajribali yarim himoyachisi N’Golo Kante holati haqida ma’lumot berdi.
Frantsiyalik futbolchi Angliya premer-ligasi doirasida “Tottenxem”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda sonidan jarohat olgan edi.
- Kante kamida to‘rt haftaga safga chiqdi. Men avval ham u bizning muhim o‘yinchimiz ekanini ta’kidlagan edim. U jamoaga dunyoda birorta boshqa futbolchining qo‘lidan kelmaydigan narsalarni beradi. Aynan mana shu xususiyat Kanteni asosiy o‘yinchiga aylantiradi.
Agar suyangan futbolchining safdan chiqsa, juda murakkab vaziyatga tushib qolar ekansan. Lekin shunday holatda ham kurashishni o‘rganish kerak, - dedi Tomas Tuxel.



Fikrlar