“Chelsi” jamoada uch yil ko‘rinmagan futbolchi bilan shartnomani yangiladi

  • 20.08.2021 16:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” rahbariyati yarim himoyachi Temue Bakayoko bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi. Ma’lumotlarga qaraganda, klub shartnomadagi hamkorlikni avtomatik tarzda uzaytirish bandidan foydalangan.

Bakayoko 2023 yilning yozigacha “Chelsi” futbolchisi hisoblanadi. Biroq qizig‘i shundaki, Bakayoko uch yildan beri londonliklar jamoasi uchun birorta uchrashuv o‘tkazgani yo‘q.

“Aristokratlar” uni 2018-2019 yilgi mavsumdan boshlab, “Milan”, “Monako” va “Napoli”ga ijaraga bergan.

Manbalarnig ma’lum qilishicha, milanliklar Bakayokoni yana o‘z safiga qo‘shib olish uchun u bilan muzokara olib borgan va kelishuvga erishgan. Ayni paytda italiyaliklar “Chelsi” mutasaddilari bilan transfer masalasini hal qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!