"Chelsi" kichik hisobda g‘alaba qozondi
Premer-Liganing 20-turidan o‘rin olgan "Chelsi" - "Kristal Pelas" uchrashuvi yakunlandi. O‘yin "Aristokratlar"ning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan tugadi.
Yagona gol muallifi Kai Xaverts. Futbolchi 65-daqiqada Hakim Zieshning pasidan so‘ng gol urib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
Shu tariqa, "Chelsi" turnir jadvalida 10-o‘ringa mustaxkam o‘rnashib oldi. "Kristal Pelas" esa 12-pog‘onaga tushib ketdi.
Fikrlar