"Chelsi" klubi "Yuventus" futbolchisiga "ko‘z tikkan"
“Chelsi” klubi “Yuventus” himoyachisi Matteys de Ligtni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. “Caught Offside” nashri xabariga ko‘ra, londonliklar futbolchini anchadan beri kuzatib kelmoqda va niderlandiyalik bilan orqa chiziqdagi muammolarni hal qilmoqchi.
Ayni damda de Ligt "Yuventus" bilan shartnomasini 2025 yilgacha uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, ammo agar “keksa sinora” uning maoshini oshirmasa, Matteys yangi bitim tuzish niyatida emas.
Himoyachi yakuniga etgan mavsum “Yuventus”ning A seriya doirasidagi 32 uchrashuvida maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 gol yozib qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" "Sevilya" himoyachisi Jyul Kundening transferi uchun ham asosiy favorit hisoblanadi. London klubi yozda jamoani tark etadigan Kristensen va Ryudiger o‘rniga kamida ikkita himoyachi sotib olishi talab etiladi.



Fikrlar