“Chelsi” meni ozod qilsin!

  • 31 avgust, 2022, 18:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi”ning asosiy tarkibiga kira olmagan Temue Bakayoko klub bilan amaldagi shartnomasini bekor qilib, erkin agentga aylanmoqchi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, tajribali o‘yinchiga Angliya va Italiya chempionatlari vakillaridan takliflar bo‘lyapti. Xususan, “Nyukasl Yunayted” va “Montsa” Bakayokoni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.

“Chelsi” frantsiyalik futbolchini 2017 yili “Monako”dan 40 million evroga transfer qilgan. Keyinchalik “aristokratlar” uni “Napoli”, “Monako” va “Milan”ga bir necha bor ijaraga jo‘natdi. Ayni paytda Bakayoko “Milan” jamoasidan vaqtinchalik qo‘nim topgan.

Futbolchining londonliklar bilan shartnomasi yana ikki mavsumdan keyin yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!