
"Chelsi" oradan 2 yil o‘tib "Manchester Siti" darvozasiga yana gol urishga muvaffaq bo‘ldi
APLning 11-turidan o‘rin olgan "Chelsi" - "Manchester Siti" bahsi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur uchrashuvning birinchi bo‘limida tomonlar 4 marta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Dastlab, Xoland penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochgan bo‘lsa, Silva va Sterlinglar jamoasini oldinga olib chiqdi. Taym so‘nggida Akanji imkoniyatlarni tenlashtirib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, "Chelsi" "shaharliklar" darvozasiga so‘nggi marta bundan ikki yil oldin gol urgandi. O‘shanda jamoalar o‘zaro Chempionlar ligasida to‘qnash kelgan va yagona golni Kay Xaverts kiritgan. Ushbu finalda londonliklar g‘alaba qozonib, ChLni qo‘lga kiritgandi.
Mazkur bahsdan keyin klublar turli xil turnirlarda 6 bor to‘qnash keldi. Ularning barchasida Gvardiola shogirdlari zafar quchgan. Shu bilan birga, o‘z darvozasidan to‘p olib chiqmagandi.
Fikrlar