“Chelsi” qimmat transferni qabul qilmadi

  • 02.02.2022 17:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

TuttoMercatoWeb saytining xabar berishicha, “Chelsi” rahbariyati “Sautgempton”ga ijaraga jo‘natilgan hujumchi Armando Broya bo‘yicha ikkita taklif olgan, biroq ularga rad javobini bergan.

Birinchi navbatda, “avliyolar” albaniyalik hujumchining o‘yinidan mamnun bo‘layotgani uchun uni o‘z safida olib qolish maqsadida “aristokratlar”ga 30 million funt taklif qildi.

Ikkinchi chorlov dunyoning eng qimmat klubiga aylangan “Nyukasl”dan bo‘ldi. “Qarg‘alar” iste’dodli yosh hujumchi uchun 40 million funt va’da qildi.

“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel premer-ligada ishonchli o‘yin ko‘rsatayotgan Armandoni yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida sinab ko‘rishni istayotgani bois, klub mutasaddilari uni boshqa klubga sotmaslikka qaror qildi. Endi hujumchi mavsum oxirigacha “avliyolar” safida ijara muddatini o‘tkazadi.

21 yoshli Broya joriy mavsumda premer-liganing 18 ta uchrashuvida raqiblar darvozasiga beshta to‘p kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!