"Chelsi" "Real"ning asosiy tayanchlaridan birini sotib olishi mumkin
"Real" yarim himoyachisi Kazemiro faoliyatini Londonning "Chelsi" jamoasida davom ettirishi mumkin. Braziliyalik futbolchi "qirollik klubi"dan uzoq muddatli shartnoma talab qilmoqda. Bu esa Madrid klubiga unchalik ma’qul kelmagan. Shu sabab futbolchi "Real"ni tark etishi mumkin.
Kazemiro joriy mavsum "qaymoqranglilar" bilan Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi va Chempionlar Ligasi finaliga yo‘l oldi. Daily Mirror nashrining xabar berishicha, madridliklar 30 yoshli yarim himoyachini sotish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqchi.
"Chelsi" yozgi transfer oynasida klubni tark etishi mumkin bo‘lgan Jorjinoga o‘rinbosar qidirmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda futbolchi La Ligada 31 o‘yin o‘tkazib, bitta gol va 3 golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Fikrlar