
“Chelsi” superyulduzidan voz kechdi
“Chelsi” o‘tgan yozda Tomas Tuxelning talabi bilan “Inter” hujumchisi Romelu Lukakuni rekord summa – 113 million evroga transfer qilgan edi.
Angliyaga qaytgan belgiyalik hujumchi hali hamon ingliz futboliga moslasha olmagani ko‘rinib qoldi. Romelu jami 44 ta o‘yinda 15 ta gol va ikkita assist qayd etdi. Tabiiyki, bu natija "aristokratlar“ni umuman qoniqtirgani yo‘q.
Ma’lumotlarga qaraganda, klub rahbariyati qimmatbaho o‘yinchidan voz kechishga qaror qilgan. Transfer summasi katta o‘yinchini sotish oson emas. Shuning uchun londonliklar 29 yoshli forvardni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga bermoqchi.
Unga ko‘ra, Lukakuni olmoqchi bo‘lgan klub ijara summasi sifatida 20 million evro to‘laydi va kelasi yili Romeluni 70 million evroga sotib olish mumkin bo‘ladi.
Fikrlar