
"Chelsi" tarbiyalagan vunderkind “Barsa”ga o‘tishi kutilmoqda
“Chelsi” tarbiyalanuvchisi Konor Gallaxer faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Londonliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel yosh yarim himoyachini asosiy tarkibga qo‘shmaganidan keyin klub mutasaddilari Konorni “Kristal Pelas”ga ijaraga jo‘natdi.
21 yoshli futbolchi yangi jamoasida darrov porlay boshladi. “Kristal Pelas” tarkibida dastlabki beshta uchrashuvda ikkita gol urib, bitta golli pas bergan Gallaxer “Barselona” skautlari e’tiborini tortdi.
Tarkibini yashartirishga harakat qilayotgan kataloniyaliklar mavsum oxirida futbolchini olishga urinib ko‘radi. “Chelsi” o‘z tarbiyalanuvchisini osonlikcha qo‘yib yubormasligi aytilmoqda. Chunki, Tomas Tuxel ham har yili akademiya tarbiyalanuvchilaridan bir nechtasini asosiy tarkibda joy qilishni rejalashtirgan.
Fikrlar