"Chelsi" tarbiyalanuvchisi futbol fuqaroligini o‘zgartirdi

  • 6 iyul, 2022, 19:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Brayton" himoyachisi Tarik Lempti o‘zining sport fuqaroligini Angliyadan Ganaga o‘zgartirganini e’lon qildi. Bu haqda futbolchi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida aytib o‘tdi.

Tecno

Lempti bundan avval Angliyaning U18, U19, U20 va U21 yoshdagi terma jamoalarida o‘ynagan. Aytish kerakki, 21 yoshli futbolchining ota-onasi ganalik bo‘lgani tufayli u Gana terma jamoasida o‘ynash huquqiga ega bo‘ldi.

"Chelsi" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Tarik Lempti o‘tgan mavsum "Brayton" tarkibida premer-ligada jami 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!