
"Chelsi" va MYu bir futbolchi uchun raqobat boshladi
"Ayaks" klubi hujumkor yarim himoyachisi Entoni uchun APLning ikki grandi - "Chelsi" va "Manchester Yunayted" o‘zaro raqobat boshladi.
Avvalroq, futbolchiga "qizil iblislar" ustozi Erik ten Xag faol qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Inglizlar futbolchi uchun 60 million evro taklif qilmoqda, biroq “Ayaks” 80 million talab qilmoqda, shu bois kelishuv hali yakunlanmadi.
Bundan hujumkor yarim himoyachi qidirayotgan “Chelsi” foydalanib qolishi mumkin, deb xabar bermoqda GiveMeSport. Londonliklar yozda Usmon Dembele va Rafinya Diasning transferlarini amalga oshira olishmadi, "Bavariya" futbolchisi Serj Gnabri ham Tomas Tuxel jamoasiga o‘tishni qat’iyan rad etdi.
Ma’lumot uchun, Entoni o‘tgan mavsum Niderlandiya chempionatida 23 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar