
“Chelsi” yana bir futbolchisidan voz kechdi
Bosh murabbiy Frenk Lempard qishki transferlar vaqtida markaziy himoyachi Fikayo Tomorini qo‘yib yuborishga rozi bo‘ldi.
“Chelsi” rahbariyati 22 yoshli angliyalik futbolchini mavsum oxirigacha ijaraga berib yuboradi. Jamoaga tajribali himoyachi Tiago Silva kelganidan keyin Tomoriga o‘yin vaqti berilmayapti. Zaxirada o‘tirish Angliya terma jamoasiga nomzod futbolchining zarariga ishlayapti. Buni inobatga olgan Lempard Evropa chempionatida oldidan uni ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun boshqa jamoaga o‘tkazib yubormoqchi.
Bundan tashqari, “Chelsi” xo‘jayinlari agar jamoa himoyachilaridan birortasi qishki transferlar mavsumiga qadar jarohat olmasagina Fikayo boshqa jamoaga o‘tishi mumkin bo‘lishini alohida ta’kidlamoqda.
Fikrlar