"Chelsi" yozgi transferlar uchun qancha mablag‘ sarflaydi?

  • 1 iyun, 2021, 14:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xorij nashrlari "Chelsi" rahbariyati yozgi transferlar davrida yangi xaridlar uchun qancha mablag‘ ajratishi haqida ma’lumotlar chop eta boshladi.

Tecno

The Telegraph nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "aristokratlar" yozgi transferlar uchun 232 million evro sarflashga tayyor.

Jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel birinchi navbatda tarkibga himoyachi, yarim himoyachi va hujumchi qo‘shib olmoqchi. Bu borada "Chelsi"ning short-listidan Xarri Keyn ("Tottenxem"), Romelu Lukaku ("Inter"), Adama Traore ("Vulverxempton"), Yonas Xofmann ("Borussiya" M), Deklan Rays ("Vest Xem") va Orelen Tchuameni ("Monako") joy olgan.

“Chelsi” yakunlangan mavsum UEFA Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi, APLda esa 4-o‘rinni egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!