“Chelsi” yulduzi “Barsa”ni tanladi

  • 13.12.2022 17:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” yarim himoyachisi N'Golo Kante yozda “Barselona”ga ko‘chib o‘tishga tayyorlanmoqda.

Frantsiyalik futbolchining “aristokratlar” bilan kelishuvi yozda yakunlanadi. Agar klub unga yangi bitim taklif qilmasa, Kataloniyaga yo‘l oladi.

Ayni paytda Kante jarohatini davolatish bilan ovora va mart oyigacha maydonga qayta olmaydi. Shu jarohat tufayli Kante Qatardagi jahon chempionatini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lyapti.

“Chelsi” yoshi o‘tib qolayotgan va keyingi paytda ko‘p shikastlanayotgan futbolchiga yangi shartnoma berishga shoshilmayapti.

“Barselona” esa, bir necha yildan beri davom etayotgan moliyaviy inqiroz tufayli yozgi transferlar vaqtida asosan erkin agentga aylangan yulduzlarni o‘z safiga qo‘shib olmoqda. 31 yoshli  Kante ham ularning ro‘yxatidan joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!