“Chelsi” hujum chizig‘ini to‘la yangilaydi

  • 28 may, 2022, 20:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel yakunlangan mavsumda jamoaning hujum chizig‘i vakillari o‘yinidan umuman qoniqmadi. Ayniqsa, katta umidlar bilan rekord summa – 97,5 million funtga xarid qilingan Romelu Lukaku ishonchni oqlay olmadi.

Yangi mavsum oldidan “aristokratlar” hujum chizig‘ini yangilashni rejalashtirmoqda. Tuxel kelasi mavsum o‘z jamoasida “Manchester Siti” yulduzi Rahim Sterling, “Benfika” to‘purari Darvin Nunes va “Lill” hujumchisi Jonatan Devidni ko‘rmoqchi.

Shuningdek, londonliklar yozda “Barselona”ni tark etishi kutilayotgan Usmon Dembelega ham xaridor hisoblanadi.

Bu mavsum “Chelsi” chempionatni uchinchi o‘rinda yakunladi. Tomas Tuxel hozirgi tarkib bilan “Manchester Siti” va “Liverpul”ga qarshilik ko‘rsatish imkonsiz ekanini ta’kidlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!