"Chelsi"da bu futbolchiga joy yo‘q

  • 22.10.2021 19:44
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi ijara muddati tugagach, "Atletiko" safidan kelib qo‘shilgan Saul Niges bilan xayrlashadi. Bu haqda "La Razon" nashri xabar bermoqda. 

Ispaniyalik yarim himoyachi yozgi transferlar oynasida London jamoasiga ko‘chib o‘tdi. Manbaning xabar berishicha, Saul rahbariyat va murabbiylar shtabida kerakli taassurot qoldirmagan va unda muntazam o‘yin amaliyoti yo‘q. 

Ma’lumot o‘rnida, 26 yoshli futbolchining "matraschilar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!