“Chelsi”da o‘ynagan yulduz “Liverpul”ga mag‘lubiyatdan qutilish yo‘lini ko‘rsatdi

  • 26 oktabr, 14:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘z davrida “Chelsi” va Angliya terma jamoasining eng yorqin o‘yinchilaridan bo‘lgan Jo Koul mamlakatning amaldagi chempioni “Liverpul”ning to‘rt uchrashuvdan iborat mag‘lubiyatli seriyasiga munosabat bildirdi.

Tecno

- “Liverpul” hozir juda qiyin davrlarni boshdan o‘tkazmoqda. Yozda ular tarkibni qimmatbaho va zo‘r futbolchilar bilan kuchaytirgan edi. Biroq jamoa o‘yinida muvozanat buzilgan.

Chempionlik mavsumida liverpulliklar aynan balansni zo‘r ushlagani evaziga g‘olib chiqqan edi. Jamoa tez orada o‘zining vaqt sinovidan o‘tgan uslubiga qaytishi kerak, - dedi Jo Koul.

Arne Slot shogirdlari yangi chempionatni muvaffaqiyatli boshlab, qatorasiga beshta uchrashuvda zafar quchgan bo‘lsa-da, Premer-liga doirasidagi oxirgi uchta uchrashuvda “Kristal Pelas”, “Chelsi”, “Manchester Yunayted” va “Brentford”ga imkoniyatni boy berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!