
"Chelsi"ning sobiq futbolchisi: Hozir u biz bilgan Krishtianu emas
Londonning "Chelsi" klubi sobiq futbolchisi Jeyson Kandi Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Krishtianu hali ham rekordlar o‘rnatishni xohlapti. U futbol afsonasi, butsa kiygan eng buyuk futbolchilardan biri. Lekin hozir u biz bilgan Krishtianu emas. U shunchaki o‘z yo‘lini davom ettirmoqda, chunki u Ronaldu”, - dedi Kandi Talksport nashriga bergan intervyusida.
39 yoshli Ronaldu Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan Evropa chempionatida to‘rtta o‘yin o‘tkazib, atigi bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Chorak finalda Portugaliya Frantsiya bilan o‘ynaydi. Ushbu bahs 5 iyuldan 6 iyulga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.
Fikrlar