“Chelsi”ning xarajatlarini Xaverts to‘laydigan bo‘ldi

  • 16.03.2022 18:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Chelsi” yarim himoyachisi Kay Xaverts jamoasining Angliya kubogi doirasida “Mildsbro”ga qarshi safar uchrashuvida qatnashishi uchun yo‘l xarajatlarini ko‘tarishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Buyuk Britaniya hukumati tomonidan klub xo‘jayini Roman Abramovichga qo‘llanilgan sanktsiyalar tufayli “Chelsi” boshqa shaharga borish uchun charter reyslardan foydalana olmaydi. Chunki cheklovlar tufayli klub safar uchun faqat 20 ming funtgacha bo‘lgan miqdorda mablag‘ ishlatishi mumkin.

- Men safar bilan bog‘liq tashkiliy masalalarning barcha xarajatini qoplashga tayyorman. Bu muammo emas. Eng muhimi uchrashuvga borishimiz. Dunyoda bizning uchrashuvga avtobusda borishimizdan jiddiy muammolar ham bor, - dedi germaniyalik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!