
Chempion barcha bilan jangga tayyor bo‘lishi shart!
Taniqli murabbiy Xaver Mendes UFC chempioni Merab Dvalashvili (18-4) nega rossiyalik jangchi Umar Nurmagomedov (18-0) bilan jang qilishdan bosh tortganini tushunmayapti.
"Nima deyishga hayronman. Nega Merab Umarni chempionlik jangiga munosib ko‘rmayapti? Malumki, promoushen Nurmagommedov - Sendhagen juftligi g‘olibiga chempionlikni vada qilgan va hozir UFC o‘z vadalarini bajarish ustida ishlamoqda. Dvalashvili jangdan qochyaptimi yoki yo‘q, bilmadim. Lekin bu juda g‘alati tuyilyapti. Men doim shogirdlarimga aytaman: "Chempion bo‘lganingda qolganlar bilan jangga tayyor bo‘lishing shart. Sen tanlaydigan yagona narsa - sanalar!" - dedi murabbiy.
Malumot uchun, avvalroq, Merab Umarni kuchli 15 talikdagi birgina raqibni engib, chempionlik jangida ishtirok etmoqchiligini tanqid qilgandi.
Fikrlar