
Chempion “Bavariya”ni tanladi
“Inter” tarkibida muddatidan oldin Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan Ashraf Hakimi yozda o‘zi ikki mavsum to‘p surgan Bundesligaga qaytib ketishga qaror qildi. U "Bavariya" taklifini qabul qilishga tayyor.
22 yoshli himoyachi avval ijara asosida “Borussiya” sharafini himoya qilgandi.
“Bavariya” anchadan beri Afrashni olmoqchi bo‘layotgan edi. Lekin yozda bu futbolchini Myunxenga olib kelish oson bo‘lmaydi. Chinki milanliklar o‘tgan yili Ashraf Hakimi transferi uchun “Real”ga 45 million evro to‘lagan edi va endi uni ancha qimmatroq narxga sotadi.
Hakimining o‘zi “Bavariya”ga o‘tishga rozilik bergan bo‘lsa-da, “Inter”dagi ahvolidan ham mamnunligini bildirmoqda. Marokashlik himoyasi joriy mavsumda A Seriyada 33 ta uchrashuvda qatnashib, ettita gol urdi va oltita golli pas uzatdi.
Fikrlar