
Chempionlar ligasida eng ko‘p gol urgan inglizlarni bilasizmi? Harri Keyndan zo‘rlari bor ekan
Chempionlar ligasi Evropa miqyosidagi eng nufuzli musobaqa hisoblanadi. Statistika ekspertlari ushbu turnirda eng ko‘p gol urgan angliyalik futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.
Ular orasida hali ham ushbu musobaqada javlon urayotgan o‘yinchilar bor. Demak, to‘purarlar bilan tanishib olamiz.
Endi Koul – 18 ta gol
“Manchester Yunayted”da o‘ynagan Koul etti yil davomida Chempionlar ligasida jami 18 ta to‘p kiritgan.
Stiven Jerrard – 21 ta gol
“Liverpul” afsonasi “Enfild”dagi 17 yillik karerasi davomida eng nufuzli musobaqada raqiblar darvozasini 21 mata ishg‘ol qilgan.
Frenk Lempard – 23 ta gol
“Chelsi” tarixida o‘chmas iz qoldirgan Lempard xalqaro maydonda 23 ta gol muallifi bo‘lgan.
Pol Skoulz – 24 ta gol
“Manchester Yunayted”ning “malla” futbolchisi Chempionlar ligasidagi 124 ta uchrashuvda ajoyib zarbalaridan keyin 24 ta golni nishonlagan.
Harri Keyn – 25 ta gol
“Tottenxem”da ko‘p gol urgani bilan qo‘li quruq qolgan forvard endi “Bavariya”ga yordam beryapti. Umumiy hisobda Keyn gollari sonini 25 taga etkazib oldi va Chempionlar ligasidagi yurishini davom ettirmoqda.
Rahim Sterling – 27 ta gol
Sterling “Manchester Siti”da o‘ynagan kezlari Chempionlar ligasida 82 ta uchrashuvda 27 ta gol urgan. Hozirgi jamoasi “Chelsi” uchun bu turnirga chiqish orzuligicha qolmoqda.
Ueyn Runi – 30 ta gol
“Manchester Yunayted” afsonasiga aylangan Runi klublar o‘rtasidagi eng nufuzli turnirda 30 ta to‘p kiritgan. Hozir murabbiylik qilayotgan Ueyn bu ko‘rsatkich bo‘yicha rekordchi hisoblanadi.
Fikrlar