Chiro Immobile A Seriyada 61 yillik natijani takrorladi
"Latsio" Italiya chempionati 22-turi doirasida "SPAL" bilan bahs olib bordi va yirik hisobda g‘alaba qozondi.
Rimliklar forvardi Chiro Immobile ushbu uchrashuvda dubl muallifiga aylandi. Shu tariqa uning gollari soni joriy mavsumda 21 o‘yindan so‘ng 25 taga etdi.
Bu natija 1959-yilda "Inter" forvardi Antonio Valentin Anjeliloning ayni shunday natijasini takrori bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Immobile A Seriyaning joriy mavsumdagi eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. Uning eng yaqin taqibchisi Krishtianu Ronaldu hisobida 19 ta gol mavjud.
Fikrlar