Dani Alves: "Real"ga o‘tmaganimdan xursandman
Braziliyalik mashhur himoyachi Dani Alves uzoq yillar avval "Sevilya"dan "Barselona”ga emas, balki "Real"ga o‘tishga yaqin kelganini aytdi.
“To‘g‘risini aytsam, 95 foiz “Real”ga o‘tishim aniq edi. Biroq, "Sevilya"ning o‘sha paytdagi prezidenti Del Nido judayam puldor edi. O‘shanda menga “Chelsi” ham qiziqish bildirgan, biroq prezident ularga boshqa jamoa men uchun ko‘proq mablag‘ taklif qilayotganini aytgan. Shu bois men yana “Sevilya”da qolishga qaror qildim. O‘shanda men chindanam bir oyog‘im bilan “Real”da edim, biroq u bunga yo‘l qo‘ymagan.
“Real”ga o‘tmaganimdan xursand bo‘laman. Chunki, bolaligimdan “Barselona”da o‘ynashni orzu qilganman. Qandaydir yangilik qurilishida ishtirok etish men uchun qiziqroq edi va biz “Barselona”ni yaratdik”, - deydi Alves.
Ma’lumot uchun, Dani Alves 2008 yilning yozida 35,5 mln evro evaziga “Sevilya”dan “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar