Danso faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin

  • 6 yanvar, 20:39
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Qishki transferlar oynasida "Lans" nafat Abduqodir Husanovni, balki Kevin Dansoni ham qo‘yib yuborishga tayyor. Avstriyalik himoyachi esa faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin. 

Insayder Florian Plettenberg xabar berishicha, "Shtutgart" qishda o‘z tarkibiga bitta markaziy himoyachi qo‘shib olmoqchi. Variantlar orasida Danso ham bor. Agarda jamoaga transfer summasi muammo bo‘lmasa, nemislar ushbu transferni amalga oshiri mumkin. 

Rasm

Ma’lum bo‘lishicha, "Shtutgart"ga ayni paytda tajribaliroq futbolchi kerak va 26 yoshli Kevin 4 yildan beri Frantsiya klubining asosiy o‘yinchilaridan biri bo‘lib kelgan. 

Eslatib o‘tamiz, Dansoning "Lans" bilan 2027 yilgacha amal qiladigan shartnomasi bor. Bu esa klub unga katta narx belgilashini anglatadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!