
Dastin Pore: "Jastin Getjining taqdiri menda takrorlanishini istamadim"
UFC afsonasi Dastin Pore amerikalik Maks Xollouey bilan jangning so‘nggi 10 soniyasida nima uchun klinchga o‘tganini tushuntirdi.
"Oxirgi daqiqalarda ham Maks tezkor harakat qilardi. Men bir-ikki zarba bergach, darhol klinchga kirdim. Chunki so‘nggi jangimda Jastin Getjining taqdiri menda takrorlanishini istamadim" - dedi Pore.
Eslatib o‘tamiz, "UFC 300" turnirida Xollouey 5-raundning so‘nggi soniyalarida Getjini nokautga uchratgandi.
Fikrlar