Dastlab "Sho‘rtan", keyin esa "Navbahor", "Andijon" va "Buxoro" hisobidan ochkolar olib tashlanadi. Agar...

  • 17 aprel, 2019, 11:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

So‘nggi yillarda O‘zbekiston professional futbol ligasi klublarning mavjud qarzdorliklarini bartaraf etish bo‘yicha talabni yanada kuchaytirganidan xabaringiz bor. Ammo, bu borada ayrim jamoalar hamon mas’uliyatni his qilishmayapti.

Jumladan, PFL O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga G‘uzorning “Sho‘rtan” jamoasidan qarzdorlik masalasida sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgani uchun uch ochko jarimaga tortishni so‘rab xat yubordi

“Sho‘rtan” qarzdorlik masalasini bartaraf etish yuzasidan ishlayotgani rost. Biroq, kafolat xati berishning ham chegarasi bor. Bir necha bor bu masalaga qaytildi. 10 aprelga qadar klub barcha qarzlarini to‘lab berish majburiyatini olgan bo‘lsa-da, amalda buni uddalay olmadi. Qayd etish kerak, klubning hozirgi rahbariyati bungacha ishlagan rahbarlarning xatolari uchun badal to‘lab yuribdi. Yaqin orada “Sho‘rtan” o‘ziga kelib olishi qiyin bo‘lsa kerak.

Navbatda “Navbahor”, “Andijon” va “Buxoro” klublari ham turibdi. Ular ko‘rsatilgan ketma-ketlikda muddat olgan. Bu klublar ham 3 ochkodan mosuvo qilinishga yaqin. Bunday bo‘lmasligining eng yaxshi yo‘li - hamma narsani o‘z vaqtida bajarish”, - deydi PFL bosh direktori o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!