David Alaba yangi mavsumni "Barselona"da boshlashi mumkin

  • 27 mart, 2019, 19:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi himoyachisi David Alaba faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin.

Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyaliklar 26 yoshli avstriyalik futbolchini mavsumlar oralig‘idagi transferlar vaqtida sotib olishga urunib ko‘rishadi. Alaba “ko‘k-anor ranglilar” safida Jordi Albaning o‘rindoshi bo‘lishi mumkin. Biroq, u universal futbolchi ekanligini inobatga olsak, u “Barselona” safida shuningdek himoya markazi va tayanch yarim himoyachi pozitsiyasida ham to‘p surishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Alaba “Bavariya” safida 2008 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum jami 34ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!