Davron Fayziev: Bugun Chempionlar Ligasini katta favoritlardan biri tark etishi aniq

  • 13.04.2021 14:02
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol

Bugun Chempionlar ligasi chorak final bosqichidan o‘rin olgan javob uchrashuvlari o‘tkaziladi. Unda markaziy to‘qnashuv nomi aniq bo‘lib ulgurgan. Mashhur sharhlovchi Davron Fayziev o‘z "telegram" kanali orqali PSJ - "Bavariya" o‘yini haqida fikr bildirdi:

"Darajasi finalga teng PSJ - Bavariya qarama-qarshiligida savol ochiqligicha qolmoqda. Bugun turnirni katta favoritlardan biri tark etishi aniq. Mehmonda 3:2 hisobida g‘alaba bilan qaytgan PSJ qanday taktika qo‘llashi qiziq.

Mbappe, Di Mariya va Neymar himoyaga qaytadimi yoki o‘z uslubidan voz kechmaydimi? "Bavariya" bu masalada bosh qotirmaydi, fakat oldinga, faqat hujumga. Dastlabki uchrashuvni ham shu shior ostida o‘tkazgan. Urinishlar 3 barobar ko‘p, gollar bittaga kam. Eng yuqori intrigaga ega o‘yin bugun 23:55 dan boshlab FUTBOLTV jonli efirda ko‘rsatadi",-deya yozib qoldirdi Fayziev.

Bugungi bellashuvni ikki taniqli futbol sharhlovchisi Xayrulla Hamidov va Davron Fayziev birgalikda sharhlab boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
lochinlar navbahor
13/04/2021 20:17
Menimcha portu aniq ketadi liverpulga muxlislik qilaman