
Davron Fayziev: Eng katta muammo shundaki, futbolchilar unga ishonmay qo‘ygandek tuyulmoqda
"Barselona" La Liga 10-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Rayo Valekano" bilan kuch sinashdi. Safarda harakat qilgan kataloniyaliklar 1:0 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida Kumanning iste’fosi yaqqinligi haqida yozdi.
- "Barselona" bu turda ham mag‘lub bo‘ldi. "Rayo Valekano"ga. To‘g‘ri, "Rayo Valekano" yaxshi formada, Falkao yana darajasini tiklab oldi, bu klubga yutqazish hozirda juda sensatsiya emas. Biroq, "Barselona" uchun 10 ta o‘yinda faqat 4 g‘alaba bu kam. Uchta mag‘lubiyat esa ko‘p.
Kuman og‘ir davrda turib bergani rost, Messi ketdi, rahbariyat almashdi, jamoa yangilandi. Eng katta muammo shundaki, futbolchilar unga ishonmay qo‘ygandek tuyulmoqda. Men vaqt o‘tib, "Barsa" tiklanib oladi va Kuman qolishi kerak, deb o‘ylardim. Kuchi etmayapti. Rahbar ishonchi ham chegarasiz emas. Endi qiyin. Qatarda vaqt allamaxal, Laporta endi ertaga qo‘ng‘iroq qiladi Xaviga. Balki vaqti kelgandir, - dedi Davron Fayziev.
Fikrlar