Davron Fayziev “Paxtakor” va Arveladze shartnomani uzaytirmaganiga 3 ta sabab va unga qaysi jamoadan taklif borligini bilishi haqida

  • 30 dekabr, 2020, 09:45
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shota Arveladze bir necha kun avval "Paxtakor"ni tark etdi. Uning oldida ko‘plab takliflar bor. Turkiya, Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni va boshqa mamlakatlardan.

Tecno

Davron Fayziev “Paxtakor” va gruziyalik murabbiy nega shartnomani uzaytirmagani va unga qaysi jamoadan qiziqish borligini bilishi haqida gapirdi. Bu fikrlarni Davron Fayziev SPORTS.uz sayti kuzatuvchilari uchun havola qildi.

Davron Fayziev “Paxtakor”ga qaysi murabbiyni tavsiya qildi? Pochettino va Allegri "sherlar"ning taklifiga ko‘nadimi?

4861570110120

Arveladze “Paxtakor”ga nima berdi? O‘zbek futboligachi? - Xayrulla Hamidovdan javob

- “Paxtakor” va Arveladze nega hamkorlikni davom ettirmaganiga men ham hayronman. Nima bo‘ldi?

Bunga birinchi taxminiy sabab, menimcha, unga yaxshi taklif tushdi. Qaysi mamlakat va qaysi klubdan taklif tushganini bilaman. Faqat buni oshkor qilishni xohlamasdim. Chunki u haqda bilgan odamlar bu ma’lumotni menga ishonib bergan. Lekin bilamanki, taklif moddiy jihatdan rad etib bo‘lmaydigan darajada. Nomzod shunday taklif beradigan kuchli. Buni endi Shota Arveladzening yangi klubi e’lon qiladi yoki “Paxtakor” matbuot xizmati gruziyalik murabbiy bilan xayrlashuv xabarini chop etgan holda, Arveladzening o‘sha jamoadagi faoliyatida omad tilaymiz, deyishi mumkin.

Davron Fayziev "Paxtakor"ga tavsiya qilgan murabbiy terma jamoani boshqaradigan bo‘ldi (Foto)

IMG_1026

Ikkinchi sabab, bu unchalik yaxshi bo‘lmagan jihat. Bu haqiqatdan yiroq. Balki “Paxtakor” tejamkorlikka o‘tgandir. Shotaning maoshi katta edi. Endi talabi kamroq mutaxassisni jalb qilishni maqsad qilgandir.

Uchinchi sabab, balki rahbariyatni natija qoniqtirmagandir. Lekin ichki musobaqalarda barcha sovrinlar qo‘lga kiritildi. Ularga Osiyo Chempionlar ligasi kerakdir.

Bu uch sababdan dastlabkisi katta ehtimol, oxirgisi esa foizi kamrog‘i. Yuz foiz aniq shu sabab, deb aytish qiyin, - dedi Davron Fayziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!