Davron Fayziev: "Zo‘r o‘ynading - zo‘r ishlab topding
Bir necha kun oldin Krishtianu Ronaldu APL doirasida "Norvich"ga qarshi uchrashuvda xet-trik qayd etdi. Shu tariqa, portugaliyalik MYu safida bu mavsum gollari sonini 20 taga etkazib qo‘ydi.
Taniqli jurnalist Davron Fayziev Ronalduning xet-trigi va u bundan qancha foyda olgani borasida gapirdi.
"Qimmat xet-trik. Krishtiano Ronalduning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasida mavsumda 20 dan ortiq gol ursa, 905 000 evro miqdorida bonus olishi belgilangan. "Norvich" bilan o‘yindan keyin gollari 21 ga etdi. Shuningdek, xet-trik uchun 120 000 evro bonus beriladi. Demak, birgina uchrashuvda Ronaldu milliondan ko‘p pul topgan.
Bundan tashqari, gollari 20 dan oshgach, har bitta gol uchun 120 000 evro oladi. Adolatli shartnoma, zo‘r o‘ynading - zo‘r ishlab topding", - deya Fayziev o‘z telegram sahifasida post qoldirdi.

Fikrlar