
De Yong oxiri yorildi
Yarim himoyachi Frenki De Yong "Manchester Yunayted" klubiga o‘tish niyatida emas.
"Diario Sport" nashri bergan xabarga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchining ustuvor vazifasi "Barselona"da qolish hisoblanadi.
Unga "Yunayted" varianti yoqimsiz bo‘lib ko‘rinmoqda. Bunga ularning EChLda o‘ynamasligi hamda Fergyuson ketganidan so‘ng klub muammolar girdobida qolib ketayotgani sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, uning sevgilisiga Barselona shahri yoqadi.
U ayni vaqtda olayotgan maoshidan mamnun va o‘zini talab darajasida o‘ynab berishga qodir, deb hisoblaydi. "Ko‘k-anorranglilar"ning MYu bilan undan ruxsatsiz olib borayotgan muzokaralari Frenkiga yoqmayapti.
Shuningdek, "Chelsi"ga o‘tish varianti unga MYu bilan solishtirganda, ancha yaxshiroq hisoblanadi.
Fikrlar