
Dembele bilan kelishuvga erishildi!
"Barselona" futbolchisi Usmon Dembele bilan yangi shartnoma bandlari bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda "El Mundo Deportivo" nashri xabar berdi.
Yangi bitimga ko‘ra, frantsuz 2024 yilga qadar katalon klubida to‘p tepishi mumkin. Shuningdek, uning maoshi 40 foizga qisqaradi. U endi Ansu Fati bilan deyarli bir xil maosh oladi.
Ma’lumot o‘rnida, Usmon o‘tgan mavsum La Liganing 21 o‘yinida 1 gol va 13 assist muallifiga aylangan.
Fikrlar