Dembele Mbappega ishongandi!
Usmon Dembele PSJga o‘tmaydigan bo‘ldi. Bu haqda "Diario Sport" nashri xabar berdi.
"Barselona" futbolchisida ikkita yo‘l bor - "Barselona" bilan shartnomani uzaytirish yoki "Chelsi"ga o‘tish. Qaror keyingi haftadayoq qabul qilinishi mumkin. Kataloniya jamoasi uning yangi kelishuvdan bosh tortishini tushinib turibdi hamda vaziyatni o‘zgartirishga harakat qilmaydi.
Bir muddat Parij klubi Usmonning atrofidagilar bilan muzokaralar olib bordi, ammo Leonardoning ketishi vaziyatni o‘zgartirdi.
Dembele do‘sti Mbappenining ushbu transferga ta’sir qilishini kutgandi, lekin Parij klubi ayni vaqtda frantsiyalik qanot vingeriga ehtiyoj sezmayapti.

Fikrlar